Lyrics: Behruz Nuriddinov
Music: Behruz Nuriddinov
Beadab denglar bexos,
Mayliga, kechirmanglar.
Amakilar, iltimos,
Dadamga ichirmanglar.
Yotib olsalar netaman?
O`lib qolsalar netaman?
Haydamanglar, ketaman,
Dadamga ichirmanglar.
Boshlarga otmang g`amni,
Zahar qilmang xush ta’mni,
Uradilar onamni,
Dadamga ichirmanglar.
Dadamga ichirmanglar.
♬Music♬
Ikki dunyo keragim
Davlatshohim, bilagim,
Mazasi yo`q yuragin,
Dadamga ichirmanglar.
Dadamga ichirmanglar.
Qanday dadam bor edi,
Bir so`zimga zor edi,
Umrini aroq yedi,
Dadamga ichirmanglar.
Yo o`ch bormi bizlardan?
O`tinaman sizlardan,
Uyalyapman do`stlardan,
Dadamga ichirmanglar
♬Music♬
Shunday bo`lsa ulfatlar,
Keltirsalar kulfatlar,
Bag`rim cho`qir kalxatlar,
Dadamga ichirmanglar.
Uxlayman alam bilan,
Dilimda yaram bilan,
To`p o`ynay dadam bilan,
Dadamga ichirmanglar.
Ko`taraman bosh zo`rg`a,
Tiriklay kirdim go`rga,
Aylandilar mayxo`rga,
Dadamga ichirmanglar.
Qanday dadam bor edi…,