Ular Bizdek Bo'la Olmaydilar

Lyrics: Ismail Akhbarov Music: Ismail Akhbarov Lyrics by:ARPAT0502 Composed by:Ismail Akhbarov Baxtimizga yetolmasdan bo'zlab ketgandik Taftimizga isina olmay muzlab ketgandek, Iforlaringinga to'ymadim oq gulginam Kimlarni deb go'zal sevgimizni isrof etgandek Yara bu dilginam yara holicha Yaproqlaringga to'ymagan edim gulginam Yurakdagi dardlarimni kuylay boricha Xotiralarni tinglab orom olar bu dilginam Bu sevgida ular bizdek bo'lolmaydilar Hech qachon ular bizdek sevolmaydilar Hali minglab oshiqlaring bo'lar balkim Hech qachon ular mendek bo'la olmaydilar Sevmagan insonni dardi bo'lmas ekan Biz birga bo'lmasak bu ko'ngil to'lmas ekan Hammasi bir kun balkim unitilib ketar Birinchi sevgi hech qachon unutilmas ekan Yara bu dilginam yara holicha Yaproqlaringga to'ymagan edim gulginam Yurakdagi gaplarimni kuylay boricha Xotiralarni tinglab orom olar dilginam Bu sevgida ular bizdek bo'lolmaydilar Hech qachon ular bizdek sevolmaydilar Hali minglab oshiqlaring bo'lar balkim Hech qachon ular mendek bo'la olmaydilar