Nega aytmading

Lyrics: Shaxboz Nosirjonov Music: Shaxboz Nosirjonov Sovg`alarim xursand bo`lib olgan edingku, Hamma gaplarimga quloq solgan edingku, Bir kun qo`ng`iroq qilolmay qolganlarimda Xatlar yozib, havotirlar qilgan edingku.
Nega aytmading o`z sevganing borligini? Nega aytmading diling unga zorligini? Nega aytmading sen menga shuni, O`shanda, eng birinchi kuni?
Nega aytmading o`z sevganing borligini? Nega aytmading diling unga zorligini? Nega aytmading sen menga shuni, O`shanda, eng birinchi kuni? Music Seni deb eh, kimlardan voz kechganlarimda, Bitta senga yuragimni ochganlarimda, Endi sensiz boshqa menga kerakmas deya, Yigit so`zin aytib, qasam ichganlarimda.
Nega aytmading o`z sevganing borligini? Nega aytmading diling unga zorligini? Nega aytmading sen menga shuni, O`shanda, eng birinchi kuni?
Nega aytmading o`z sevganing borligini? Nega aytmading diling unga zorligini? Nega aytmading sen menga shuni, O`shanda, eng birinchi kuni?
Nega aldading meni ataylab? Axir har doim seni yurar edim avaylab. Lekin avaylaganlarim bari bo`ldi bekor, Munosabatimizning so`ngida bo`ldi oshkor.
Soxtalik yashiringan ekan ko`zing ortida, Yo`q ekanman hatto yuraging chetida. Sevgi qurilgan ekan manfaatlar ustida, Azoblar bor ekan yolg`onlaring ostida.
Shunchalar aldagan ekan meni bu ko`zlaring, Qayerlardan keldi shuncha aytilgan so`zlaring? Foydalanding oson tuyg`ularimdan, Samimiylik namoyon edi kulgularingdan.
Shunchalar zo`r o`ynading rolingni, Men esa ahmoq, so`rabman qo`lingni. Rad javobini berganingdan beri bilasanmi, Sog`inchlar qanchalar yuragimga sanchilar.
Nega aytmading o`z sevganing borligini? Nega aytmading diling unga zorligini? Nega aytmading sen menga shuni, O`shanda, eng birinchi kuni?
Nega aytmading o`z sevganing borligini? Nega aytmading diling unga zorligini? Nega aytmading sen menga shuni, O`shanda, eng birinchi kuni? Nega aytmading…