Farishtaginam

Lyrics: NF-Nafisa Music: NF-Nafisa Arranger: NF-Nafisa Ne darddan ko'zlaring mayus buncha ham Men uchun g'am yutding ko'zlaringda nam Ne darddan ko'zlaring mayus buncha ham Baxting saroyiga birga boramiz, yig'lama o'zimning farishtaginam Hayot yo'llarida qoqildim bilmay Sening sof ko'nglingni ko'zlaring ko'rmay Aytgin gunohimni men qandayin yuvay Yig'lama o'zimning farishtaginam Noshudman qadringni bilmadim kechir Holing ne deb bir bor so'rmadim kechir Olddan oqqan suvni ko'rmadim kechir Yig'lama o'zimning farishtaginam Ne uchun g'am yutding ko'zlaringda nam Jondan kechganimdir sendan kechganim Yodimda sevgimga qasam ichganim Ey yetar meni yig'laganlarim Yig'lama o'zimning farishtaginam Men uchun g'am yutding ko'zlaringda nam Ne darddan ko'zlaring maysu buncha ham