Muhabbatning Birinchisi

Lyrics: Azhar Music: Azhar Muhabbatning birinchisi Muallif, Bastakor: Ravshan Komilov Xonanda: Ravshan Komilov Toshga ko`ksim qo`yib yotsam, tosh yonadi Daryolarga siring aytsang, to`lg`onadi Oqshomda oy guvoh ne-ne oshiqlarga Sevgan bo`lsang, sevgisidan kim tonadi Oqshomda oy guvoh ne-ne oshiqlarga Sevgan bo`lsang, sevgisidan kim tonadi Muhabbatning birinchisi yondiradi Muhabbatning birinchisi kuydiradi Yondiradi, kuydiradi muhabbat Muhabbatning birinchisi yondiradi O`psa netar, yuvsa ketar, degan bilan Taqdir ekan, kuydim, yetar, degan bilan Bol totini, bolni totib ko`rgan bilan Asal o`rnin bosmas novvot yegan bilan Bol totini, bolni totib ko`rgan bilan-ey Asal o`rnin bosmas novvot yegan bilan Muhabbatning birinchisi yondiradi Muhabbatning birinchisi kuydiradi Yondiradi, kuydiradi muhabbat Muhabbatning birinchisi yondiradi Ul yor ketgan allaqachon birov bo`lib Balki yoshing o`tgan, soching qirov bo`lib Dilda o`sha ishq uchquni bormi, tamom Oltmishda ham sevish mumkin olov bo`lib Dilda o`sha ishq uchquni bormi, tamom Oltmishda ham sevish mumkin olov bo`lib Muhabbatning birinchisi yondiradi Muhabbatning birinchisi kuydiradi Yondiradi, kuydiradi muhabbat Muhabbatning birinchisi yondiradi Daryosida kechmadim muhabbatning Kaftidan bir suv ichmadim muhabbatning Eh, bir erkalab, quchmadim muhabbatni Muhabbatning birinchisi