Lyrics: Mustafo
Music: Mustafo
Qaydan topay senday Layloni
Sahrolarda harchand yig’lasam
Qaydan topay senday Layloni
Sahrolarda harchand yig’lasam
Aytgin axir, jonim, maylimi
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam
Aytgin axir, jonim, maylimi
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam
Nigohingda bir bor uxlasam
Sog’inaman vaslingni xumor
Shod kimsaga koshki o’xshasam
Sog’inaman vaslingni xumor
Shod kimsaga koshki o’xshasam
Tonggi otmas kechada bedor
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam
Tonggi otmas kechada bedor
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam
Hayot poyga, shomu ertalab
Iloj topib qani to’xtasam
Hayot poyga, shomu ertalab
Iloj topib qani to’xtasam
Sevib-sevib seni erkalab
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam
Sevib-sevib seni erkalab
Bag’ringga bosh qo’yib uxlasam
Qaydan topay senday Layloni…