Music: Jasmin
Boshingni ko`ksimga qo`ygan lahzalar
Qalbimni muhabbat mayin erkalar
Jannat bog`larida mast bo`lgan yurak
Ohista boshlaydi nozik allalar…
Sizga bir armon bo`lay, zolim begim
Jayron bo`lay, quvib yeting, qoling begim
Sizga bir armon bo`lay, zolim begim
Jayron bo`lay, quvib yeting, qoling begim
Marg`ilonning yo`liga boshim qo`yib
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim
Marg`ilonning yo`liga boshim qo`yib
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim
Oo-oo, oo-oh
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim
Oo-oo, oo-oh
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim
Music...
Yorginam visoliga jonim beray
Jon emas, bu jahonim, borim beray
Yashnagaymu bir quchoqda ikki gul –
Man ketay, Zaynab bilan qoling, begim
Yashnagaymu bir quchoqda ikki gul –
Man ketay, Zaynab bilan qoling, begim
Oo-oo, oo-oh
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim
Oo-oo, oo-oh
Man ketaman, Zaynab bilan qoling, begim
Qani ul qayrilma qosh Kumush, demang
Ko`zlaringiz nega yosh, Kumush, demang
Otabekni jonidan suygan ko`ngil
Man ketay, Zaynab bilan qoling, begim