Lyrics: HM-Mehre Music: HM-Mehre Yurak qoning to‘kilgan so‘qmoq Bag‘ri alvon lolaqizg‘aldoq, Senga toshlar otdi qay gumroh, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh Zor yig‘lading buncha ham hayhot, Menda ham bor sendagi sayyod... Ey beozor, ey mo‘min jonzot, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh Bu dunyoning nokaslari bor, Ezgulikni ko‘rolmaydilar. Meni ham qon qildilar ular, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh?.. Labim bilan yarang silayman, Senga dardi shifo tilayman, Kel, tug‘ishgan og‘ang bo‘lay man, Jayron, nega ko‘zing to‘la yosh