Yuragimni Qaytib Ber

Bekzod Haqqiyev Muhabbat sarson bo`ldi, Ko`ngil narxi arzon bo`ldi, Gulbahorlar xazon bo`ldi, Yuragimni qaytib ber. Muhabbat sarson bo`ldi, Ko`ngil narxi arzon bo`ldi, Gulbahorlar xazon bo`ldi, Yuragimni qaytib ber. Qiynoqlarga solgin mayli, Sevgim tortib olgin mayli, Dil armonim sen tufayli, Yuragimni qaytib ber. Endi qaytib sog`inmayman, Ishqingda ham og`rinmayman, Senga boqib ovunmayman, Yuragimni qaytib ber. Muhabbating yolg`on ekan, Tafti to`la armon ekan. Meni qaytib sog`inmagan Yuragimni qaytib ber. Ko`zlarimdan olib ko`zing, Mayli aytib achchiq so`zing, Begonamas faqat o`zing Yuragimni qaytib ber. Alamlarda qiynalaman, Hijronlarda ko`p yonaman, Sensizlikka o`rganaman, Yuragimni qaytib ber! Sensizlikka o`rganaman, Yuragimni qaytib ber! Yuragimni qaytib ber… Yuragimni qaytib ber…