Popuri (Remix)

Lyrics: Botir Xon Music: Botir Xon Popuri Botir Xon *** Do`st bo`lamiz deb, Tanishgan edik ikkimiz. Sezmadi sevgiga Aylanishini ko`ksimiz. *** Bir yera ketsang, Ko`zlarimni man yoshladim. Kunda ko`rsam ham, Yana sog`inib man boshladim. *** Behuda so`ksam, Erkalatib o`psam agarda, Ranjima mandan, Ranjima mandan, ranjima! *** Behuda so`ksam, Erkalatib o`psam agarda, Ranjima mandan, Ranjima mandan, ranjima! *** G`iya, g`iya, g`iya, g`iya ho, Qaratovda ko`k teraylik-ov, Qani do`stlar. *** O`sdim Qaratovning bo`yinda, O`ynab qarindoshlar to`yinda. Qayga borsamda, qayda yursamda, Qaratovim mening o`yimda. Qayga borsamda, qayda yursamda, Qaratovim mening o`yimda. *** G`iya, g`iya, g`iya, g`iya ho, Qaratovda ko`k teraylik-ov, G`iya, g`iya, g`iya, g`iya ho, Tog`larning zo`ri Qaratov. *** San yonimda likir-likir o`ynisan, Hazillashib jikir-jikir qo`ymisan. Shevang boshqacha ekan-ey, tushunmadim, To`g`risi nerdanligingni bilmadim. *** San yonimda likir-likir o`ynisan, Hazillashib jikir-jikir qo`ymisan. Shevang boshqacha ekan-ey, tushunmadim, To`g`risi nerdanligingni bilmadim. *** Buxoro, Navoiy, Sarimoydanmisan? Chiraying bashqacha, san qiz oydanmisan? Buxoro, Navoiy yo Sarimoydanmisan? Chiraying bashqacha, hey qiz oydanmisan? *** Yolg`on ekan suygani, Hamma siri fosh bo`ldi. Jondan ortiq sevar edim, Endi bag`rim tosh bo`ldi. *** Oq libosga burkanib, Tashlab ketding san mani. So`zsiz qoldim o`rtanib, Ne ham derdim, mayli-da. *** Ko`chamizdan o`tib ketdi Yor-yor bilan gerdayib. Na uzr, na xush demasdan, Qarab qo`ydi jilmayib. *** Unga baxtlar yarashdi-yu, Men dard bilan kurashdim. U sevgisin almashdi-yu, Men sevgida adashdim. *** Osmonda oy, yulduz qancha, Sana, mani dardim shuncha. Osmonda oy, yulduz qancha, Sana, mani dardim shuncha. Ochilmag`an qani g`uncha, Yaqding mani, mani buncha? Ochilmag`an qani g`uncha, Yaqding mani, mani buncha? *** Ket, ket, ko`rmayin san kabi sotqin, San mani aldading, sochingga osding. Ket, ket, ko`rmayin san kabi sotqin, San mani aldading, sochingga osding. ** Dayan sevgilim, dayan, Sani deb yondim yomon. San yurakda bir donam, dunyomsan. Ayon sevgilim, ayon, Dardlarim etsam bayon, Orzularim, istagim, ro`yomsan. *** Dayan sevgilim, dayan, Sani deb yondim yomon. San yurakda bir donam, dunyomsan. Ayon sevgilim, ayon, Dardlarim etsam bayon, Orzularim, istagim, ro`yomsan. *** Osmonda qushlar uchganda, Sog`inib kelgan chog`larda, Hofiz qo`shig`in aytganda, Yo`llarga qarang, yo`llarga. *** Go`zallikda oyning qizi, Sho`xliklarda soyning qizi, Bo`lar ekan kuydirmajon Saroy degan joyning qizi.