Yo'qsan

Lyrics: Nurmeme Music: Nurmeme Ey yor, sizni mendek suyguvchi bormi?Hajringizda yonib-kuyguvchi bormi? Vaslingizni izlab Layli misoli, Sahrolarda sarson yurguvchi bormi? Ey yor, sizni mendek suyguvchi bormi?Jamolingiz qachon ko`rarman deb zor, Sog`inchlarda zardob yutguvchi bormi? Zulmlar qilsangiz, ey bag`ri toshim, Jabringizga toqat qilguvchi bormi? Zulmlar qilsangiz-ey, ey bag`ritoshim, Jabringizga toqat qilguvchi bormi? Ey yor, sizni mendek suyguvchi bormi?Sizni yorim dedim, ostonangizga, Mendek faqir boshini qo`yguvchi bormi? Uyingizda menday jon fido bormi? Jonini jabborga berguvchi bormi? Sizga yetolmasam ushbu jahondan-o, Mendek g`arib, tanho o`tguvchi bormi? Ey yor, sizni mendek suyguvchi bormi?Hajringizda yonib-kuyguvchi bormi? Ey yor, sizni mendek suyguvchi bormi?