Onamdan Keyin

Lyrics: Botir Qodirov Music: Botir Qodirov Mahzun kunlar boshlandi Onamdan keyin, Ma’yus ko`zim yoshlandi Onamdan keyin, onamdan keyin. Omad ko`zga ko`rinmas hech, G`amdan o`zga ko`rinmas hech, Yegan oshim shirinmas hech, Onamdan keyin, onamdan keyin. Lazzat yo`q kuyda, sozda, Faqat g`am bor ovozda. Sovqotaman hatto yozda Onamdan keyin. Bo`ldim parishonxotir, Har lahzada havotir. Na bir do`st, na yor tatir, Onamdan keyin. Bir telba bo`lib qoldim Onamdan keyin, Bag`rimni yulib qoldim Onamdan keyin, onamdan keyin. Baland edi bo`ylarim onam borida, Rangli edi o`ylarim onam borida. Fayzli edi uylarim onam borida, Ha-a, qilolmadim to`ylarim onam borida. Bo`lib qoldim toshbag`ir, Bo`ldim bebosh, serjahl. Shunday mehr topmadim oxir, Onamdan keyin. Yurak-bag`rim ezildi Onamdan keyin, Yolg`izligim sezildi Onamdan keyin, onamdan keyin. Onamdan keyin…